«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
Payshanba kuni kataloniyaliklar La Liga doirasida «Atletik» Bilbaoni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yamal raqib darvozasiga 7 marta zarba berdi, ammo gol ura olmadi. Shu bilan birga, u yaratilgan golli vaziyatlar bo‘yicha jamoasida yetakchi bo‘ldi — 5 ta.
«Lamin — ajoyib futbolchi. Uning ortida oson bo‘lmagan davr qoldi, u biroz tushkunlikka tushgan edi. Biz uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik va bugun uning eng yaxshi versiyasini ko‘rganimizdan xursandman. Garchi u gol urmagan bo‘lsa-da, uning o‘yini bizni xursand qildi — biz undan aynan shunday o‘yin kutgandik. Gollar albatta keladi, chunki uning iste’dodi doimo o‘zi bilan», — deya Rodri so‘zlarini Barca Universal keltirdi.
30 yoshli yarim himoyachining o‘zi uchun «Atletik»ka qarshi uchrashuv «Barselona»dagi debyuti bo‘ldi — u 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.













