«Barselona» buyuk klub hisoblanadi, shuning uchun «PSJ» Ispaniya chempioniga qarshi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutmoqda. Bu haqda parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfiy ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Barselona» Chempionlar ligasining asosiy bosqichida o‘zaro bahs olib boradi. Qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tdi.
«Biz «Barselona»ni juda hurmat qilamiz. Bu ular, biz, muxlislar va butun dunyo uchun muhim uchrashuv», — dedi Al-Xelayfi.
«PSJ» amaldagi chempion hisoblanadi. Parijliklar Chempionlar ligasida ikki yil ketma-ket g‘olib chiqqan.













