Esekyel Palasios «Bayer»dan «Ipsvich»ga o‘tdi.
Angliya klubi 27 yoshli yarim himoyachining transferini rasman e’lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Avvalroq xabar qilinganidek, transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. Yana 5 million yevro nemis klubiga bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Palasios o‘tgan mavsum Bundesligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













