Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Noyer Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi qur’asi natijalarini baholadi

Noyer Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi qur’asi natijalarini baholadi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi qur’asi yakunlari haqida fikr bildirdi.

«Bu tarixga boy, juda teng va qiziqarli raqiblar. Umuman olganda, biz yana umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlashni istaymiz — bu bizning asosiy maqsadimiz.

So‘nggi yillarda «Arsenal»ga qarshi bahslar allaqachon klassikaga aylandi. «Atletiko» bilan final o‘tkaziladigan stadionda o‘ynaymiz va barchamiz bu mavsumda u yerda ikki marta o‘ynashga umid qilamiz. «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv esa, albatta, Chempionlar ligasidagi boy tarixga ega mutlaq klassika. U yerda o‘ynash — alohida voqea.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda haqiqiy sensasiya qayd etgan «Budyo-Glimt», «Lill», Praganing «Slaviya»si, «Betis» va Stavangerning «Viking»iga qarshi o‘yinlarni ham mensimasligimiz kerak. Biz bu sinovlarni intiqlik bilan kutyapmiz», — deya Noyerning so‘zlarini «Bavariya» rasmiy sayti keltirdi.

Myunxen klubi Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichida Londonning «Arsenal», «Atletiko Madrid», «Betis», «Manchester Yunayted», «Budyo-Glimt», «Lill», «Slaviya» va «Viking» jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:07, 28.08.2026.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик