«Manchester Yunayted» bosh direktori Omar Berrada jamoaning Chempionlar ligasi qur’asidagi raqiblari haqida fikr bildirdi.
«Biz juda hayajondamiz. Bu biz har mavsum ishtirok etishimiz kerak deb hisoblaydigan musobaqa. Bizni bir nechta ajoyib raqiblar kutmoqda. «Old Trafford» Chempionlar ligasidagi ko‘plab buyuk lahzalarga guvoh bo‘lgan. Shuning uchun muxlislarimiz uchun yangi xotiralar yarata olishimizga umid qilamiz», — dedi Berrada.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Manchester Yunayted» «Bavariya», «Roma», «Leypsig», «Sabax», «Atletiko», «Sporting», «Vilyarreal» va «Komo» bilan o‘ynaydi.













