«Manchester Siti» vingeri Jek Grilish transfer oynasi yopilishiga qolgan so‘nggi kunlarda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi «shaharliklar»ning rejalariga kirmaydi va shu sababli u faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga tayyor. Grilish o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘tkazgan «Everton»ga qaytishni xohlamoqda. Biroq hozirda unga Premyer-liganing yana ikki klubidan taklif bor.
Grilish 2021 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u ikki uchrashuvda maydonga tushdi, ammo natijali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi kelasi yozga qadar amal qiladi. Transfermarkt Grilishning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.













