UFC afsonasi Habib Nurmagomedov o‘zining kichik amakivachchalari — jangchilar Umar va Usmon Nurmagomedovlarga ta’rif berdi.
«Umar juda mehnatkash. Agar uni akasi bilan taqqoslasak, Usmon iste’dodliroq, iqtidori yuqoriroq. Umar esa mehnat orqali barchasiga erishgan. U havaskorlar o‘rtasida juda ko‘p janglar o‘tkazgan. Zalda uning juda ko‘p yaxshi sparring sheriklari bo‘lgan va ular uni toblashgan.
Bilasanmi, temirni qancha ko‘p ursang, qilich shuncha yaxshi bo‘ladi. Uning atrofida ham uni toblaydigan ko‘plab “temirchilar” bo‘lgan», — dedi Habib Gorilla Fighting'ga bergan intervyusida.
29 avgust, shanba kuni Umar Nurmagomedov Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida xitoylik Sun Yadunga qarshi jang qiladi.













