«Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade transfer oynasi yopilguniga qadar klubni tark etishi mumkin. Germaniyalik forvard jamoasini almashtirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
«Nyukasl» futbolchining istagini inobatga olishga tayyor va uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq Fabrisio Romano «Napoli» Voltemadeni ijaraga olish imkoniyatini bilish maqsadida «Nyukasl» bilan bog‘langanini xabar qilgan edi.
24 yoshli hujumchi 2025 yil avgustidan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Angliya klubi uni «Shtutgart»dan 75 million yevroga sotib olgan. Voltemadening amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Voltemade «Nyukasl» safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













