Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Kerrik Balebaning qachon safga qaytishini aytdi

Kerrik Balebaning qachon safga qaytishini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning yangi futbolchisi Karlos Baleba ikki-uch hafta ichida safga qaytishi mumkinligini bildirdi. Biroq mutaxassis yarim himoyachining aniq qachon debyut qilishini aytmadi.

«Manchester Yunayted» shu hafta Balebani «Brayton»dan 70 million funt evaziga sotib oldi. Ammo 22 yoshli futbolchi yozda olgan to‘piq bog‘lamlari jarohati sabab yakshanba kuni «Ipsvich Taun»ga qarshi Premyer-liga uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

Karrik jarohatni jiddiy deb hisoblamayapti va Baleba yaqin orada maydonga qaytishiga ishonmoqda.

«Uning to‘pig‘ida kichik muammo bor. Balki ikki hafta, ehtimol uch hafta kerak bo‘lar. Bu jiddiy jarohat emas. Uning safga qaytishi juda yaxshi bo‘ladi», — dedi Karrik.

Murabbiy Baleba sog‘aygach, jamoa yarim himoyasiga katta foyda keltirishiga ishonch bildirdi.

«Karlosni o‘z safimizga qo‘shib olganimizdan juda xursandmiz. Uning salohiyati juda katta, biz uchun nihoyatda qiziqarli transfer bo‘ldi. Uning sifati va xususiyatlari tarkibimizdagi muvozanatni yaxshilaydi. Turli kuchli jihatlar va kombinasiyalar paydo bo‘ladi. U hali yana ancha o‘sishi mumkin, shuning uchun bu biz uchun juda qiziqarli», — deya qo‘shimcha qildi Karrik.

Kiritildi: 18:49, 28.08.2026.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик