Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karlos Baleba «Old Trafford»da muxlislarga tanishtiriladi

Karlos Baleba «Old Trafford»da muxlislarga tanishtiriladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yangi futbolchisi Karlos Balebani Angliya Premyer-ligasida «Ipsvich Taun»ga qarshi yakshanba kungi uchrashuv oldidan «Old Trafford»da muxlislarga tanishtirishini tasdiqladi.

Yarim himoyachi hozircha debyut qilishga tayyor emas. Avvalroq bosh murabbiy Maykl Karrik Baleba to‘piqdagi yengil muammo sabab taxminan ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligini aytgan edi.

Shunga qaramay, 22 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted»ning mavsumdagi ilk uy uchrashuvida «Old Trafford»da bo‘ladi.

Baleba bahs boshlanishidan sal oldin muxlislarga rasman tanishtiriladi. Klub ishqibozlarni yangi futbolchini kutib olish uchun stadiondagi o‘rinlarini ertaroq egallashga chaqirdi.

«Manchester Yunayted» shu hafta Balebani «Brayton»dan 70 million funt evaziga sotib oldi. U klubning joriy yozgi transfer oynasidagi eng yirik xaridlaridan biri bo‘ldi.

Kiritildi: 19:24, 28.08.2026.
O'qildi: 1188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик