Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Barkola shanba kuni Angliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Barkola shanba kuni Angliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkola transferini yakunlashga yaqin turibdi. Goal ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli fransuz futbolchisi shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish va uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun Angliyaga yo‘l oladi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» va «PSJ» taxminan 140 million yevrolik transfer bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan. Parijliklar dastlab futbolchi uchun 170 million yevro talab qilgan edi.

Barkola «Liverpul» tarixidagi ikkinchi eng qimmat transferga aylanadi. Birinchi o‘rinda o‘tgan yili taxminan 145 million yevroga xarid qilingan Aleksander Isak turibdi. «PSJ» uchun esa Barkolaning sotilishi klub tarixidagi eng yirik transfer savdosi bo‘ladi.

Barkolaning «Renn»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuv uchun «PSJ» qaydnomasiga kiritilmagani ham uning ketishi yaqin ekanini ko‘rsatgandi. Futbolchi «Liverpul» bilan shaxsiy shartnoma borasida allaqachon kelishib olgan.

O‘tgan mavsumda Barkola «PSJ» safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. «Liverpul» fransuz futbolchisini Muhammad Salohning ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 20:59, 28.08.2026.
O'qildi: 1199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик