Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Jeymi Vardi Bundesliga o‘yinlarini translyasiya qilish huquqini oldi

Jeymi Vardi Bundesliga o‘yinlarini translyasiya qilish huquqini oldi

Baho:
+ | -

Jeymi Vardi Buyuk Britaniya va Irlandiya hududida Bundesliga o‘yinlarini translyasiya qilish huquqini oldi.

Angliya terma jamoasi va «Lester»ning sobiq hujumchisiga tegishli Jamie Vardy’s Having a Party YouTube-kanali 2026/27 yilgi mavsumda Bundesliganing yettita uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etadi.

Barcha o‘yinlar juma kunlari o‘tkaziladi. Ilk translyasiya bugungi mavsum ochilish bahsi — «Bavariya» va «Shtutgart» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ladi.

Vardining kanali Banijay Entertainment kompaniyasiga tegishli bo‘lib, kontent ham shu kompaniya tomonidan tayyorlanadi. Banijay Bundesliga bilan bir yillik kelishuv imzolagan.

39 yoshli Jeymi Vardi hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning «Kremoneze» bilan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetgan.

Kiritildi: 21:45, 28.08.2026.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик