"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan "Parma"ga qarshi o‘yin arafasida jamoadagi futbolchilarning holati haqida ma’lumot berdi.
"Bilasizlar, Yildiz bu o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Makkenni ham ortiqcha charchoq sabab o‘ynamaydi. Tyuramga kelsak, unda biroz noqulaylik bor. Uning holatini ertaga tongda baholaymiz. Qolgan barcha futbolchilar o‘yinga tayyor.
Lukumi jamoaga juda yaxshi moslashmoqda. U kuchli futbolchi va yaxshi inson. Biroq Kelli so‘nggi o‘yinni ajoyib o‘tkazdi, shuning uchun hozircha shoshilishga hojat yo‘q. Ammo bu masalani diqqat bilan ko‘rib chiqaman. Lukumining ko‘rsatayotgan o‘yinidan mamnunmiz. Ba’zida futbolchini boshqa jamoada kuzatganda ayrim jihatlarni e’tibordan chetda qoldirish mumkin. Ammo unda biz avval ko‘rgan barcha sifatlar bor. Bundan tashqari, u jamoaga juda yaxshi moslashdi", — dedi Spalletti.













