Nikolas Jekson "Aston Villa" futbolchisiga aylandi.
Birmingem klubi 2023/24 mavsumidan buyon "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan senegallik hujumchining transferini rasman e’lon qildi.
Avvalroq xabar qilinganidek, "Aston Villa" Jekson uchun bonuslar bilan birga 65 million funt to‘laydi. Bu klub tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.
O‘tgan mavsumni Jekson "Bavariya"da ijara asosida o‘tkazdi. U Bundesligada 23 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan.













