"Yuventus" yarim himoyachisi Fabio Miretti faoliyatini "Beshiktosh"da davom ettiradi.
Turin klubi ma’lum qilishicha, Turkiya jamoasi 23 yoshli futbolchini 2 million yevroga ijaraga oldi. Kelishuvga ko‘ra, "Beshiktosh" ijara muddati yakunida Mirettini 13 million yevroga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘tgan mavsum A Seriyada Miretti 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













