Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

APL. «Manchester Siti» «Kristal Pelas»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

APL. «Manchester Siti» «Kristal Pelas»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining 2-turida safarda «Kristal Pelas»ni 4:1 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi.

«Shaharliklar» safida Erling Xoland va Rayan Sherki dubl qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi 17 va 84-daqiqalarda gol urgan bo‘lsa, fransuz futbolchisi 54 va 59-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mezbonlar yagona golini 56-daqiqada urdi. Bu vaziyatda «Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma avtogol muallifi bo‘ldi.

«Manchester Siti» mavsum boshidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Kristal Pelas» esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib, jadvalning so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Keyingi turda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi. «Kristal Pelas» esa safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Premyer-ligasi. 2-tur

28.08.2026 | London, «Selxerst Park»

«KRISTAL PELAS» — «MANCHESTER SITI» — 1:4

Gollar: Janluidji Donnarumma 56’ avtogol (1:2) — Erling Xoland 17’ (0:1), Rayan Sherki 54’ (0:2), Rayan Sherki 59’ (1:3), Erling Xoland 84’ (1:4).

«Kristal Pelas»: Din Xenderson, Kris Richards, Takexiro Tomiyasu (Aksel Disasi, 74), Jeyde Kanvo, Daiti Kamada, Adam Uorton, Tayrik Mitchell, Anan Xalaili (Oskar Mingesa, 75), Eddi Nketia (Duayt Makneyl, 68), Yeremi Pino (Gozo, 68), Yorgen Strann Larsen (Evan Gessan, 63).

«Manchester Siti»: Janluidji Donnarumma, Ruben Diash, Mark Gexi, Yoshko Gvardiol (Mateo Kovachich, 75), Abduqodir Husanov (Vitor Reys, 89), Elliot Anderson (Ayub Buaddi, 82), Niko O'Rayli (Breytueyt, 89), Rayan Sherki (Makaydu, 82), Antuan Semenyo, Fil Foden, Erling Xoland.

Ogohlantirishlar: Anan Xalaili (68) — Rayan Sherki (33), Elliot Anderson (55).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:58, 29.08.2026.
O'qildi: 1421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик