Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Sherki: «Gvardiola bilan katta tarix yaratildi, endi yangisini boshlaymiz»

Sherki: «Gvardiola bilan katta tarix yaratildi, endi yangisini boshlaymiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z o‘yini va ilk goli haqida fikr bildirdi.

«O‘yinimni unchalik yaxshi deb baholamayman. Birinchi bo‘limda bo‘sh hududlarni topa olmadik, men ham yaxshi o‘ynamadim. Maydonda o‘ynashni, gol urishni qanchalik istashimni ko‘rsatishim kerak. Keyingi safar ko‘proq uzatmalar berishni xohlayman.

G‘alabadan juda xursandman. Keyingi hafta ko‘rishamiz. Pep Gvardiola bilan katta tarix yaratildi, endi esa yangi tarixni boshlaymiz. Biz buni isbotlamoqchimiz», — dedi Sherki BBC'ga.

«Manchester Siti» mavsum boshidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, APL turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Kristal Pelas» esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib, jadvalning so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Keyingi turda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi. «Kristal Pelas» esa safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 05:12, 29.08.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик