«Lill» bosh murabbiyi Davide Anchelotti Fransiya chempionatining 2-turida «PSJ» bilan 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo, albatta, xafalik bor, ammo bu his biz bilan uzoq qolmaydi. Eng muhimi — futbolchilarning o‘yini, muxlislar bilan o‘rnatgan aloqamiz va orttirgan tajribamiz.
«PSJ» kabi jamoalarga qarshi o‘ynaganda g‘alaba qozonish uchun deyarli mukammal harakat qilish kerakligini tushunishimiz lozim. Bugun ko‘rsatgan jamoaviy birdamlik, fidoyilik va mehnat doimo biz bilan qolishi kerak.
Biz g‘alaba qozona olmadik, chunki juda yaxshi formadagi va yuqori saviyali futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynadik. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Bugungi bahsdan xulosa chiqarishimiz kerak.
Bizda yana gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi va ulardan foydalanishimiz lozim edi, ammo buni qila olmadik. Bunday jamoalarga qarshi o‘yin final hushtagi chalinmaguncha tugamaydi.
Bugun juda muhim tajriba orttirdik. Bu kelajak uchun yaxshi, chunki Chempionlar ligasida ham shunga o‘xshash uchrashuvlarda maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Anchelotti.
«PSJ» ikki ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. «Lill» esa 4 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.













