Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ramush: «Odatda shuncha vaziyat bo‘lsa, bittadan ko‘proq gol uraman»

Ramush: «Odatda shuncha vaziyat bo‘lsa, bittadan ko‘proq gol uraman»

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Gonsalu Ramush «Venesiya»ga qarshi o‘yindagi goli va jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Italiya klubi raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda hisobni Ramush ochdi. Portugaliyalik futbolchi yozda «Milan»ning eng e’tiborli transferlaridan biri bo‘lgan edi.

«Bu ajoyib his, ammo eng muhimi — g‘alaba. Yana bir uchrashuvda g‘olib chiqqanimizdan juda xursandman.

Birinchi bo‘limdagi imkoniyatlarimdan nega foydalana olmaganimni bilmayman. Odatda menda shuncha vaziyat bo‘lsa, bittadan ham ko‘proq gol uraman», — dedi Ramush.

Eslatib o‘tamiz, Gonsalu Ramush avval Fransiyaning «PSJ» klubi safida to‘p surgan.

Kiritildi: 07:12, 29.08.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик