«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premyer-ligasida «Kristal Pelas»ga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘zining dubl qayd etgan o‘yini haqida fikr bildirdi.
Ushbu bahsda Erling Xoland ham ikki gol urdi. Norvegiyalik hujumchi uchun dubl odatiy hol bo‘lsa, Sherki «shaharliklar» safida ilk bor bir o‘yinda ikkita gol urdi.
«Erling bilan ikkitadan gol urdik. U men jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun u bilan raqobatlashishimni biladi. Garchi, menimcha, bu raqobatda u aniq g‘olib chiqadi. Ammo mening vazifam — uni yanada yaxshiroq bo‘lishga undash va unga golli uzatmalar berish», — dedi Sherki.
Erling Xoland ushbu mavsumda ilk bor samarali harakat qayd etdi. Rayan Sherki hisobida esa gol+pas tizimi bo‘yicha 4 ochko — 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.













