Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Lill» futbolchisi «PSJ» bilan o‘yindagi qo‘shib berilgan vaqt haqida gapirdi

«Lill» futbolchisi «PSJ» bilan o‘yindagi qo‘shib berilgan vaqt haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Lill» yarim himoyachisi Nabil Bentaleb Fransiya chempionatining 2-turida «PSJ» bilan 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Dastlab bosh hakam ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib bergan edi, ammo o‘yin amalda 6 daqiqaga cho‘zildi. «PSJ» 91 va 95-daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

«Bugun biz yaxshiroq natijaga loyiq edik. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, xarakter ko‘rsatdik. Natijani ushlab turayotgan edik, ammo hammasini mayda detallar hal qildi.

Hakam ularning golidan oldin biz bir daqiqa vaqt yo‘qotganimizni aytdi. Bu masalaning tafsilotlariga kirishmaymiz, chunki bunday gaplar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilamiz», — dedi Bentaleb RMC Sport'ga.

Futbolchining aytishicha, hakam «Lill» darvozaboni jarohat olgan vaziyatdan keyin jamoa futbolchilarini ogohlantirgan.

«U darvozabonga yerda yotishda davom etsa, yana bir daqiqa qo‘shib berishini aytdi», — deya qo‘shimcha qildi Bentaleb.

Ushbu uchrashuvdan keyin «PSJ» 2 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. «Lill» esa 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 07:48, 29.08.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик