Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gavining maydonga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi

Gavining maydonga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

22 yoshli futbolchi La Liganing 1-turida «Elche»ga qarshi o‘yinda shikast olgan edi. Keyinroq xavotirlar tasdiqlanmadi va yarim himoyachi jiddiy jarohatdan qutulib qolgani ma’lum bo‘ldi.

ESPN'ning yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, Gavi «Rayo Valyekano»ga qarshi navbatdagi uchrashuvdan keyin, seshanba kuni mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. U «Valensiya»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor bo‘lishi mumkin.

«Barselona»ning «Rayo Valyekano» va «Valensiya»ga qarshi uchrashuvlari mos ravishda 31 avgust va 6 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Xans-Diter Flik jamoasi La Liganing dastlabki ikki turidan keyin 6 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 08:11, 29.08.2026.
O'qildi: 1580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик