Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano Endrikning «Arsenal»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Romano Endrikning «Arsenal»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Taniqli insayder Fabrisio Romano madridning «Real» klubi hujumchisi Endrikning Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Transfer ekspertining so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Endrikni «Arsenal» bilan bog‘layotgan xabarlar mutlaqo yolg‘on. «Arsenal»dagilar «Real» uni qo‘yib yubormasligini yaxshi biladi. Madrid klubi Endrikni saqlab qolish bo‘yicha qat’iy qarorni hali ikki hafta oldin qabul qilgan», — dedi Romano.

Avvalroq 20 yoshli hujumchiga «Liverpul» ham qiziqish bildirgan edi. Biroq Endrikning o‘zi «Real»da qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishga qaror qilgan.

Kiritildi: 08:12, 29.08.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик