Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

"Milan" Balde transferi bo‘yicha "Barselona" bilan bog‘landi

"Milan" Balde transferi bo‘yicha "Barselona" bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

"Milan" "Barselona"ning qanot himoyachisi Alexandro Baldeni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "rossonerilar" Balde transferi imkoniyatini muhokama qilish uchun kataloniyaliklar bilan bog‘langan. "Barselona" 22 yoshli ispaniyalik futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Ta’kidlanishicha, "Milan" himoyachini ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, to‘liq transfer ehtimoli ham istisno qilinmagan.

Baldega "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Avvalroq "qizil iblislar" futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Alexandro Balde yangi mavsumda hali maydonga tushmadi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:32, 29.08.2026.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик