Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Gakpo "Liverpul"da qolishi mumkin

Gakpo "Liverpul"da qolishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" vingeri Kodi Gakponing boshqa klubga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Aleks Kruk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Bradli Barkolaning kutilayotgan transferi Gakponing "Tottenxem", "Manchester Siti" yoki boshqa klubga o‘tishini anglatmaydi.

Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar Kodi Gakponi faqat 1 sentyabr kuni yopiladigan transfer oynasiga qadar yana bir vinger bilan shartnoma imzolay olgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor.

Biroq ayni paytda bunday ssenariyning amalga oshish ehtimoli past deb baholanmoqda.

"Liverpul" 29 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 11:33, 29.08.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик