Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shveysariyaning Lozanna shahrida o‘tkazilayotgan "Katta dubulg‘a" turnirida dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Samandar Qo‘chqorov bronza medali sohibi bo‘ldi.
Hamyurtimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Qozog‘iston vakili Sherzod Davlatovni mag‘lub etib, O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga turnirdagi ilk medalni qo‘shib qo‘ydi.













