Liverpool Echo ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike maydonga qaytish uchun Boxing Day — 26 dekabrni o‘ziga maqsad qilib belgilagan.
Fransiya terma jamoasi futbolchisi aprel oyida Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi "Enfild"da o‘tgan uchrashuvda axill payidan jarohat olgan edi.
Dastlabki prognozlarga ko‘ra, Ekitike joriy kalendar yili oxiriga qadar maydonga tushmasligi mumkin edi. Endi esa futbolchining o‘zi biroz ertaroq qaytishga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, hujumchi qaysi sanada safga qaytishidan qat’i nazar, o‘zining eng yaxshi formasiga kirishi uchun ma’lum vaqt talab etiladi. Bu jarayon hatto kelasi yozgi mavsumoldi tayyorgarligigacha cho‘zilishi mumkin.













