«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes va «Manchester Siti» o‘zaro kelishuvga erishdi.
Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Argentina terma jamoasining 25 yoshli yarim himoyachisi va «shaharliklar» shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishib olgan.
Endi transfer klublarga bog‘liq. «Siti» hozircha jahon chempioni uchun rasmiy taklif yubormadi, ammo yaqin orada tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq «Man Siti» Fernandes uchun «Chelsi»ga 130–140 million funt taklif qilishi haqida xabar berilgan edi. Sababi, londonliklar 120 million funtga futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor emas.
O‘tgan mavsumda Enso APLda 36 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.













