«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi joriy mavsumlar oralig‘ida klubning transferlar bozoridagi ishlarini yuqori baholadi.
«Hozir bizda haqiqatan ham kuchli tarkib va yaxshi jamoa bor. Balki yana bir futbolchi kerak bo‘lar, ayrim futbolchilar bilan esa xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo umuman olganda, jamoani qanday shakllantirganimizdan juda mamnun bo‘lishimiz mumkin», dedi murabbiy.













