OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Tyago Pitarchning kelajagi borasida qaror qabul qildi.
Futbolchiga ikki klub da’vo qilgan. Pitarchni «Lill» va «Fulxem» o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan. Biroq madridliklar yarim himoyachi bo‘yicha barcha so‘rovlarni rad etdi. «Qaymoqranglilar» futbolchini jamoada olib qolish niyatida.
Tyago Pitarch — «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchining shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.













