Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Manchini APLda italiyalik futbolchilarni kuzatish uchun uchta o‘yinga tashrif buyuradi

Manchini APLda italiyalik futbolchilarni kuzatish uchun uchta o‘yinga tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini bu dam olish kunlari milliy jamoaga nomzodlarni baholash uchun APLning uchta uchrashuvini tomosha qiladi. Mutaxassis allaqachon Angliyaga yetib borgan.

Shanba kuni Manchini «Tottenxem» — «Nyukasl» uchrashuvida bo‘ladi va Sandro Tonali hamda Destini Udojiga e’tibor qaratadi. Yakshanba kuni u Maykl Kayodeni kuzatish uchun «Lids» — «Brentford» o‘yiniga boradi. Dushanba kuni esa «Aston Villa» — «Arsenal» bahsida Matteo Rudjeri va Rikkardo Kalafyorini kuzatadi.

Manchini iyul oyida Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qayta tasdiqlangan va 2030 yilgacha bo‘lgan shartnomani imzolagan. Uning qaytganidan keyingi ilk o‘yini 25 sentyabr kuni Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:47, 29.08.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик