Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo Jud Bellingemning mavsum startiga yuqori baho berdi

Mourinyo Jud Bellingemning mavsum startiga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi La Liga mavsumini yuqori saviyada boshlagan Jud Bellingem haqida iliq fikrlar bildirdi.

Angliyalik yarim himoyachi dastlabki ikki uchrashuvda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

«U noyob futbolchi. Jamoa uchun juda ko‘p jihatdan muhim. Taassurot qoldiradigan o‘yinchi. Lekin men jamoa haqida gapirishni yaxshi ko‘raman. Barchadan juda mamnunman. Biz jamoa sifatida harakat qilishimiz kerak. «Real Madrid» muxlislari «Santyago Bernabeu»ga o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilarni ko‘rish uchun kelishadi, ammo shu bilan birga jamoaning bir butun bo‘lib o‘ynashi va ustunlik qilishini ham ko‘rishni xohlashadi», — dedi Mourinyo.

Portugaliyalik mutaxassis Vinisius Junior va Kilian Mbappe o‘rtasidagi hamjihatlik haqida ham fikr bildirdi.

«Bu butun jamoaga tegishli. Asosiysi — sifat. Keyin esa futbolchilar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish muhim. Ular o‘rtasida bu juda kuchli. Gap ikki futbolchi va qolgan to‘qqiz kishi haqida emas, balki 11 futbolchi haqida ketmoqda. Bu — jamoa. Biz aynan shu yo‘l bilan yanada kuchli bo‘lamiz. Men bundan ortiq xursand bo‘lolmasdim», — dedi Mourinyo.

Kiritildi: 15:49, 29.08.2026.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик