Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» Gakponi sotish uchun bitta shart qo‘ydi

«Liverpul» Gakponi sotish uchun bitta shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Liverpul» Kodi Gakponi faqat uning o‘rniga yuqori saviyali futbolchi topa olgan taqdirdagina sotishga rozi bo‘ladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik hujumchining kelajagi shanba kunigi uchrashuvdan keyin hal qilinishi kutilmoqda. O‘yindan so‘ng klub rahbariyati ishtirokida muhim muzokaralar o‘tkazilib, Gakponi jamoada saqlab qolish yoki transfer oynasi yopilishidan oldin uni qo‘yib yuborish masalasi muhokama qilinadi.

Gakpoga «Tottenxem» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, «Liverpul» hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlashda davom etyapti.

Mersisaydliklar «PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola transferi bo‘yicha 123 million funtgacha yetishi mumkin bo‘lgan kelishuvga erishgani vaziyatni yanada qiziqarli qildi.

Fransiyalik futbolchi hujum chizig‘ida yana bir muhim variant bo‘lishi kutilmoqda. Biroq «Liverpul» Gakponing o‘rnini to‘ldiradigan qo‘shimcha futbolchi olmasdan uni sotishni istamayotgani aytilmoqda.

Romanoning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, Gakponing ketishi faqat munosib taklif tushishiga emas, balki «Liverpul» seshanba kunigi transfer dedlayniga qadar uning o‘rniga teng kuchli o‘yinchi topa olishiga ham bog‘liq.

Kiritildi: 15:55, 29.08.2026.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик