«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak «Nottingem Forest»ga qarshi uchrashuv yakunlanganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliya chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
«Hammasi yaxshi ketmoqda. Yangi uslubga moslashish uchun doimo vaqt talab etiladi. Murabbiy bizdan talab qilayotgan futbolni namoyish etish uchun astoydil mehnat qilyapmiz.
Uning g‘oyalarini maydonda yaxshiroq amalga oshira boshlasak, natijalar ham ko‘p kuttirmasligiga ishonchim komil», — dedi futbolchi.













