Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid

Bundesliga. Oltita gol urilgan bahs durang bilan yakunlandi

Bundesliga. Oltita gol urilgan bahs durang bilan yakunlandi

Baho:
+ | -

Biroz oldin Bundesliganing 1-turida «Union» o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qildi. Sermahsul kechgan uchrashuvda jamoalar 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

«Union» 3-daqiqadayoq hisobni ochdi. Yosip Yuranovichning uzatmasidan so‘ng Emmanuel Latte Lat to‘pni darvozaga joyladi. Biroq «Ayntraxt» tezda javob qaytardi. Yunes Ebnutalib ikki daqiqa ichida dubl qayd etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

67-daqiqada Ebnutalib o‘zining uchinchi golini urib, xet-trikka erishdi. 79-daqiqada Leopold Kverfeldning bosh bilan yo‘llagan zarbasi «Union»ga farqni bitta golgacha qisqartirish imkonini berdi.

Mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulish uchun so‘nggi daqiqalarda bor kuchini ishga soldi va qo‘shimcha vaqtning 2-daqiqasida Tim Skarke hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, «Union» irodali harakatlari evaziga bir ochkoni saqlab qoldi. 

Kiritildi: 22:05, 29.08.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик