Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya Bundesligasining 1-turida o‘z maydonida «Gamburg»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 9-daqiqada ochildi. Seru Girassi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin «Borussiya» ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. «Gamburg» himoyachisi Sebastyan Bornau o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
Shu tariqa, dortmundliklar yangi Bundesliga mavsumini g‘alaba bilan boshladi.













