«Tottenxem» Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida «Nyukasl»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdagi har ikki gol ikkinchi bo‘limda urildi. Entoni Elanga va Yoan Vissa mehmonlar safida o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Shu tariqa, «Nyukasl» 4 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi.
«Tottenxem» esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa hozircha ochko jamg‘ara olmagan va turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
3-turda «Nyukasl» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qiladi. «Tottenxem» esa safarda «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













