«Nottingem Forest» «Kristal Pelas» darvozaboni Din Xenderson transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
«Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasner 29 yoshli golkiper bilan yana birga ishlashni istamoqda. Mutaxassis avvalroq «Kristal Pelas»da Xenderson bilan hamkorlik qilgan.
Biroq London klubi o‘z darvozabonini sotish niyatida emas.
Xenderson ayni paytda «Kristal Pelas» sardori hisoblanadi. U 2022/23 yilgi mavsumda «Nottingem Forest» safida ijara asosida to‘p tepib, 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Transfermarkt portali Xendersonning bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq «Nottingem Forest» «Kristal Pelas» himoyachisi Daniel Munyos transferi bo‘yicha 25,7 million yevroga kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.













