«Olimpiakos» himoyachi Markus Pedersenni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Norvegiyalik futbolchi bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolandi.
26 yoshli Pedersenning avvalgi klubi «Torino» bo‘lib, u Italiya jamoasida 2025 yildan buyon to‘p tepib kelayotgan edi.
Futbolchi faoliyati davomida, shuningdek, «Feyenoord», «Sassuolo», «Molde» va «Tromsyo» klublari sharafini ham himoya qilgan.
Pedersen 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Norvegiya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.













