29 avgust, shanba kuni "Liverpul" va "Nottingem Forest" Angliya Premyer-ligasining 2-turida 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "O‘rmonchilar" safida yarim himoyachi Morgan Gibbs-Uayt gol urdi.
26 yoshli angliyalik futbolchi 2026 yil davomida APLda 13 ta gol kiritdi.
Opta statistik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Gibbs-Uayt yil boshidan buyon Premyer-liganing eng yaxshi to‘purariga aylanib, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni ortda qoldirdi. Norvegiyalik futbolchi hisobida 12 ta gol bor.
Shuningdek, Gibbs-Uayt va Xoland 2026 yilda klub musobaqalarida natijali harakatlar soni bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchilari bo‘lib turibdi. Har ikkisi 20 tadan gol+assist qayd etgan.













