Madridning «Real» klubi bugun, 30 avgust kuni Ispaniya La Ligasining 3-turi doirasida o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi.
Tahlilchilar ushbu bahsda «Real»ni yaqqol favorit sifatida ko‘rmoqda. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, madridliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 84,6 foizni tashkil etadi.
«Malaga»ning g‘alabasiga 5,3 foiz, durang natijaga esa 10,1 foiz imkoniyat berilgan.
Jamoalar so‘nggi marta 2018 yilning 15 aprel kuni o‘zaro to‘qnash kelgan. O‘sha uchrashuvda «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.













