«Chelsi»ning yangi darvozaboni Emiliano Martines qaysi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Londonliklar Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan darvozabonning «Aston Villa»dan transferini va u bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
«Chelsi» matbuot xizmati xabar berishicha, Martinesga klub afsonasi Jon Terriga tegishli bo‘lgan 26-raqam berildi. Terridan keyin bu raqamda faqat Kalidu Kulibali va hozirda 6-raqamda o‘ynayotgan Levi Kolvill maydonga tushgan.













