Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Barselona» hujum chizig‘ini Jezus bilan kuchaytirishi mumkin

«Barselona» hujum chizig‘ini Jezus bilan kuchaytirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus transferi uchun kurashga qo‘shildi.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 29 yoshli braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

«Barselona»ning asosiy maqsadi uzoq vaqt davomida Xulian Alvares bo‘lib kelgan. Biroq «Atletiko» argentinalik hujumchini kataloniyaliklarga sotish bo‘yicha muzokara olib borishni istamayapti.

Gabriel Jezus 2022 yil yozidan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

«Arsenal» transfer oynasi yopilishidan oldin forvard bilan xayrlashishga tayyor ekani aytilmoqda. Avvalroq Jezusga «Napoli» ham qiziqish bildirgan edi.

Kiritildi: 17:41, 30.08.2026.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик