Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Nikolas Talyafikoni transfer qilishni ko‘rib chiqmoqda

"Yuventus" Nikolas Talyafikoni transfer qilishni ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" "Lion"ning chap qanot himoyachisi Nikolas Talyafikoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Turin klubi transfer oynasining so‘nggi soatlarida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan. Biroq avvalo "Yuventus" Xuan Kabal masalasini hal qilishi kerak. Kolumbiyalik futbolchiga "Atalanta" qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli Talyafiko yuqori saviyada katta tajribaga ega. Argentinalik futbolchi faoliyati davomida "Ayaks", "Banfild", "Independyente" va "Mursiya" klublarida ham to‘p surgan.

Talyafiko Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 4 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:45, 30.08.2026.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик