«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Ipsvich» ustidan 5:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoani xotirjamlikka berilmaslikka chaqirdi. G‘alaba Angliya chempionatining ikkinchi tur uchrashuvida qo‘lga kiritildi.
«Biz haddan tashqari xursand bo‘lmoqchi emasmiz. O‘tgan haftada ham tushkunlikka tushmadik — o‘shanda hamma narsa yomon bo‘lmagandi. Yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan jihatlar bor edi. Bugun ham ishlashimiz kerak bo‘lgan tomonlar bor», — deya Kerrikning so‘zlarini Sky Sports keltiradi.













