«Atletiko» «Yuventus» hujumchisi Jonatan Devidni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Madrid klubi 26 yoshli kanadalik futbolchi bo‘yicha turinliklarga rasmiy taklif yubordi. Taniqli jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qilishicha, gap keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish haqida ketmoqda. Tomonlar ehtimoliy bitim shartlarini muhokama qilishda davom etmoqda, Devidning o‘zi esa «Atletiko»ga o‘tishga tayyor.
Shu bilan birga, «Yuventus» hujumchiga o‘rinbosar topmaguncha uni qo‘yib yubormoqchi emas. Faqat shundan keyingina turinliklar transferga rozilik berishi mumkin.
Devid 2025 yil yozidan buyon «Yuventus» safida o‘ynamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil iyuniga qadar amal qiladi.













