35 yoshli yarim himoyachi Marten de Ron yana Jan Pyero Gasperini qo‘l ostida ishlaydi.
«Roma» so‘nggi to‘qqiz mavsumni «Atalanta» tarkibida o‘tkazgan yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Yangi jamoasida u 15-raqamda o‘ynaydi.
Insayder Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, rimliklar Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi uchun taxminan 1 million yevro to‘laydi. Biroq bu summa kafolatlangan emas, balki muayyan shartlar bajarilgan taqdirda beriladigan bonuslardan iborat.
Ta’kidlanishicha, de Ronning o‘zi «Atalanta»dan Gasperini qo‘l ostiga o‘tishga ruxsat berishni so‘ragan.













