Italiya chempionatining ikkinchi turida «Napoli» «Komo»ga mag‘lub bo‘ldi. Neapolliklar darvozaboni Aleks Meret bu mag‘lubiyatning oldini olish mumkin edi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘tkazib yuborilgan gollar majburiy xatolar natijasi bo‘lmagan.
«Biz muxlislarimizga boshqacha natija taqdim etishni istagan edik, ammo kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik. Bunday issiqda o‘yinning yuqori sur’atini ushlab turish qiyin edi. Biz ikki gol o‘tkazib yubordik va ularning ikkalasi ham o‘z xatolarimiz oqibati bo‘ldi», — deya Aleks Meretning so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
A Seriyaning keyingi turida «Napoli»ni haqiqiy katta o‘yin — Milanning «Inter»iga qarshi bahs kutib turibdi.













