Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining uchinchi turida «Malaga»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Kilian Mbappe ushbu uchrashuvda gol urdi.
Bu fransiyalik hujumchining Madrid klubi safida Ispaniya chempionatidagi 60-goli bo‘ldi. Mbappe bu natijaga jamoadagi uchinchi mavsumi boshida erishdi. Shu vaqt oralig‘ida milliy chempionatda undan ko‘proq gol urgan yagona futbolchi — myunxenlik «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn. Uning hisobida 62 ta gol bor.
Ispaniya chempionatining to‘rtinchi turida «Real» 4 sentyabr, juma kuni Sevilyada mahalliy «Betis»ga qarshi o‘ynaydi.













