APLning 2-turida «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda «Manchester Yunayted» futbolchilari raqib darvozasiga 33 ta zarba yo‘lladi. Squawka statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, bu jamoaning APLdagi so‘nggi 10 mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Uchrashuv Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tdi va «Manchester Yunayted» 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Brunu Fernandesh xet-trik qayd etib, bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.
APLning keyingi turida «Manchester Yunayted» 6 sentyabr kuni safarda «Everton»ga qarshi o‘ynaydi. «Ipsvich Taun» esa 4 sentyabr kuni o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi.













